Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi: "Bu mag‘lubiyatni qabul qilish biroz qiyin"

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi: "Bu mag‘lubiyatni qabul qilish biroz qiyin"

Baho:
+ | -

Mikel Oyyarsabalning fikricha, Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasida g‘alaba qozonishga yaqin edi.

Finalda ispanlar Portugaliyaga yutqazishdi (2:2, penaltilar seriyasi bo‘yicha 3:5).

"Bugun biroz ranjish tuyg‘usi bor, bu mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin. Ammo vaqt o‘tadi va hamma bu natijani ko‘proq qadrlay boshlaydi.

O‘ylaymanki, ikkinchi bo‘limda vaziyat yaratishimiz qiyinlashdi. Biz biroz charchadik va kuchimiz yetmay qoldi. Almashtirishlar bizga yordam berdi va men jamoa bilan juda faxrlanaman - biz chinakamiga kurashdik va sovringa juda yaqin edik," - dedi Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Oyarsabal.

Kiritildi: 13:32, 09.06.2025.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.