Kirish Ro'yxatdan o'tish

Franchesko Totti: "Hozir o‘ynaganimda, dunyoning eng zo‘ri bo‘lardim"

Franchesko Totti: "Hozir o‘ynaganimda, dunyoning eng zo‘ri bo‘lardim"

Baho:
+ | -1

"Roma" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq forvardi Franchesko Totti hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

"Agar hozir o‘ynaganimda, dunyoda eng zo‘ri bo‘lardim. Ayni paytda Yevropada Franchesko Tottidan kuchliroq futbolchini topa olmayapman," - deya "Imperator" so‘zlarini keltiradi Nikolo Skira.

Eslatib o‘tamiz, Totti 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Hujumchi butun faoliyatini Rim klubida o‘tkazgan. Umumiy hisobda Franchesko "Roma" safida 785 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 307 ta gol va 205 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 13:43, 09.06.2025.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик