Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

"Sporting" Dyokereshni arzon narxda qo‘yib yuborishga tayyor emas

"Sporting" Dyokereshni arzon narxda qo‘yib yuborishga tayyor emas

Baho:
+ | -

Lissabonning "Sporting" klubi prezidenti Frederik Varandash hujumchi Viktor Dyokereshning ehtimoliy transferi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

"Agent bilan uchrashuvda faqat bitta kelishuv bor edi: biz shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulini talab qilmaymiz. O‘shanda men to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdim - bir yildan keyin aniq narx qanday bo‘lishini bilmayman. Bu 40, 60 yoki 80 million yevro bo‘lishi mumkin, ammo shartnomada ko‘rsatilgan 100 millionni so‘ramaymiz. Biz bosim va ommaviy manipulyasiyalarga toqat qilmaymiz. 60 million yevro va 10 million yevro bonuslar sharti bilan tuzilgan bitim bizni qoniqtirmaydi. Bundan tashqari, bugungi kunga qadar "Sporting" Dyokeresh bo‘yicha birorta ham rasmiy taklif olmagan," - deya "Sporting" prezidentining so‘zlarini keltiradi Evening Standard.

Shvesiyalik hujumchi Viktor Dyekeresh Lissabonning "Sporting" klubi safida ajoyib mavsum o‘tkazdi va klub uchun barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda 54 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bunday natija uni joriy mavsum oralig‘idagi transfer bozorida eng ko‘p muhokama qilinayotgan shaxslardan biriga aylantirdi.

Kiritildi: 11:56, 12.06.2025.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик