Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya terma jamoasi Gattuzoni tanladi

Italiya terma jamoasi Gattuzoni tanladi

Baho:
+ | -

"Milan"ning sobiq futbolchisi, hozirda murabbiy bo‘lib ishlayotgan Jennaro Gattuzo yaqin vaqt ichida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Janluka di Marsio xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar yaqin kunlarda bitim tuzadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada "skuadra adzurra" bosh murabbiyi lavozimini Luchano Spalletti tark etgan edi.

Gattuzoning so‘nggi ish joyi Xorvatiyaning "Xayduk" klubi bo‘lgan. Italiyalik mutaxassis joriy oy boshida jamoani tark etgandi. Bungacha uning murabbiylik faoliyatida "Marsel," "Napoli," "Valensiya" va boshqa klublar bo‘lgan.

Kiritildi: 13:16, 14.06.2025.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик