Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" himoyachisi Robertson Madrid grandiga o‘tishi mumkin

"Liverpul" himoyachisi Robertson Madrid grandiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi Endryu Robertsonni chap qanot himoyachisi sifatida ko‘rmoqda.

Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda. La Liga klubi 31 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq "Liverpul"ning futbolchiga bergan yuqori bahosi tufayli uning ehtimoliy transferi murakkablashishi mumkin. Tez orada "Bornmut"dan yosh Milosh Kerkez jamoaga kelib qo‘shilishiga qaramay, ingliz klubi tajribali shotlandiyalikni qo‘yib yuborish niyatida emas.

2024/25 yilgi mavsumda himoyachi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.

Kiritildi: 17:48, 14.06.2025.
O'qildi: 2965 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик