Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Endi "So‘g‘diyona" ham o‘z akademiyasiga ega

Endi "So‘g‘diyona" ham o‘z akademiyasiga ega

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yurtimizda sportni yanada rivojlantirish, yosh avlodni sog‘lom va jismonan yetuk qilib tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sport turlari ichida aynan futbolga bo‘lgan e’tibor bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolangach, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatda alohida o‘rin tutadigan futbolga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, bu yo‘lda professional futbol klublarining akademiyalarini qurish, mavjudlarini jahon talablari darajasida rekonstruksiya qilish va yoshlarni sifatli saralab olish jarayonlari dolzarb ahamiyat kasb etgan.

Shu munosabat bilan bugun Jizzax shahrida viloyatimizning bosh jamoasi bo‘lgan “So‘g‘diyona” klubi qoshida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev, O‘zbekiston futbol assosiasiyasidan mas’ullar, vohadagi turli tashkilot rahbarlari, nuroniylar, faollar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat rahbari Ulug‘bek Mustafoyev kirish so‘z bilan ochib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda sport, jumladan futbolni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor kuchayayotganligi, olis hududlardagi yosh charm to‘p ustalarini saralab olishda bosqichma-bosqich tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligi va yurtimizda bu kabi akademiyalarning ko‘payishi professional futbol klublarimizning ichki va xalqaro miqyosdagi natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidladi.

Ma’lumki, ayni paytda milliy terma jamoamiz safida ikki nafar jizzaxlik futbolchilar – Abduvohid Ne’matov hamda Ruslanbek Jiyanov harakat qilishadi. Biroq ular boshqa viloyat klublari akademiyalarida futbol sir-asrorlarini o‘rganib, yuqori darajaga chiqishdi. Vohamizning asosiy jamoasiga yetuk kadrlarni yetkazib beruvchi ushbu akademiyaning qad rostlashi endi mahalliy yoshlar uchun katta futbolga ochilgan muhim eshik vazifasini o‘taydi.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti maslahatchisi Rahmiddin Zikriyoyev ham so‘zga chiqib, mamlakatda futbolni rivojlantirishda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini qayd etar ekan, ularning asosini mustahkam qilib shakllantirish har bir professional futbol klubining muhim vazifalaridan biri ekanini aytib o‘tdi. Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravishda foydalanish zarurligi ham ta’kidlandi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari futbol akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishib chiqdi. Jumladan, ushbu majmuada bir vaqtning o‘zida 6 ta yosh toifasi bo‘yicha 120 nafar yosh charm to‘p ustalari amaliy va nazariy jihatdan kerakli sport ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, akademiya tarkibida barcha qulayliklarga ega 3 ta futbol maydoni (1 ta tabiiy, 2 ta sun’iy qoplamali), yirik sport zal, suzish havzasi, yotoqxona, oshxona hamda kutubxonalarning ham mavjudligi kishi ko‘zini quvontiradi. Umid qilamizki, ushbu akademiyadan professional futbolga qadam qo‘yajak mahalliy yoshlarimiz mamlakat hamda jahon miqyosida katta yutuqlarga erishib, Vatanimiz bayrog‘ini doim yuqoriga ko‘tarishadi.

Kiritildi: 20:48, 14.06.2025.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.