Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reynders "Manchester Siti"dan ketgan de Bryuyne haqida gapirdi

Reynders "Manchester Siti"dan ketgan de Bryuyne haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Yozda "Manchester Siti"ga o‘tgan yarim himoyachi Tidjani Reynders o‘zini Kevin de Bryuynening o‘rinbosari deb hisoblamasligini aytdi.

"Men jamoaga Kevinni o‘rnini bosish uchun kelganim yo‘q. Futbolimni ko‘rsataman. Men turli o‘yinchilarning eng yaxshi jihatlarini olib, ularni o‘z o‘yinimga moslashtirishga harakat qilaman. Agar de Bryuyneni oladigan bo‘lsak, uning maydonni qanday skanerlashi va to‘p uzatishi meni doim o‘ziga jalb qilgan," - deya havbekning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Reynders bir necha kun oldin "Milan"dan Angliya top-klubiga ko‘chib o‘tgan edi. 26 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachi "shaharliklar" bilan 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Kiritildi: 12:24, 15.06.2025.
O'qildi: 1539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик