Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van der Sar Antoniga "MYU"da ikkinchi imkoniyat berilishini istaydi

Van der Sar Antoniga "MYU"da ikkinchi imkoniyat berilishini istaydi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Edvin van der Sar braziliyalik vinger Antoni "Manchester Yunayted"da ikkinchi imkoniyatni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblamoqda.

"Men hozir transfer masalalarini hal qiladigan holatda emasman. Lekin aytishim mumkinki, "MYU" to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda. Garnacho jamoani tark etishi ehtimoli yo‘q emas. Unday bo‘lsa, Antonini qaytarishni taklif qilgan bo‘lardim. Ammo bu ro‘y beradimi yoki yo‘q, bilmayman," - deya niderlandiyalikning so‘zlarini keltiradi The Sun.

2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Antoni Sevilyaning "Betis" jamoasida o‘tkazdi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatida 17 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 13:11, 15.06.2025.
O'qildi: 2259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик