Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Surxon» hujumchisining jarohati borasida ma’lumot berildi

«Surxon» hujumchisining jarohati borasida ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

Superliganing 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon" - "Neftchi" uchrashuvining 85-daqiqada mezbonlar a’zosi Muhammad-Ali Abdurahmonov jarohat olib, maydonni tark etdi.

Uning chap boldiri yuzasi yirtilib (8x3 sm), tubida suyak ko‘rinishi tashxisi bilan tez-tibbiy yordam mashinasida birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketildi.

Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, hujumchi jiddiy jarohat olmagan. Biroq, uning tezda maydonga qaytishi yanada jiddiyroq jarohatga olib kelishi mumkin. Shu sababli, Abdurahmonov tiklanish jarayonidan o‘tishi lozim. "Surxon" tibbiy departamenti rahbari Baxtiyor Mirsagatovning baholashicha, Abdurahmonov ikki hafta safdan chiqdi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 16:42, 17.06.2025.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик