Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

"Roma" "Milan" sobiq sport direktori bilan shartnoma imzolaydi

"Roma" "Milan" sobiq sport direktori bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

"Roma" direktor Floran Gisolfi iste’foga chiqarilganini e’lon qildi va uning o‘rniga Massara tayinlanishi mumkin.

Rim klubi va 2024 yilning may oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgan fransiyalik Floran Gisolfi o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildi.

Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, "Roma" sport direktori lavozimiga Frederik Massara tayinlanishiga yaqin turibdi. Uning jamoasidan rimliklarning sobiq himoyachisi Federiko Balsaretti o‘rin oladi.

Massara 2011 yildan 2019 yilgacha "Roma"da ishlagan, jumladan, sport direktori lavozimida ham ishlagan. Keyin u "Milan"ga o‘tdi va u yerdan 2023 yilda "Renn"ga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "bo‘rilar" bosh murabbiyligiga murabbiy Jan Pyero Gasperini tayinlangandi.

Kiritildi: 17:18, 18.06.2025.
O'qildi: 649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик