Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

O‘zbekiston kubogi. “SHo‘rtan” va “Bunyodkor” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston kubogi. “SHo‘rtan” va “Bunyodkor” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan 2 ta uchrashuv 18 iyun, chorshanba kuni o‘tkazildi.

Jumladan, “Sho‘rtan” G‘uzorda “Aral”ni qabul qilgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Bunyodkor” bilan o‘yin o‘tkazdi.

G‘uzordagi bahs mezbonlar ustunligi ostida o‘tdi va natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Birinchi bo‘limning o‘zida “Sho‘rtan” ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda jami uchta gol urilgan bo‘lsa, ularning bittasi mehmonlar hisobiga bo‘ldi.

Shunday qilib, g‘uzorliklar chorak finalga yo‘l oldi.

Qo‘qondagi bahs esa ancha qiyin o‘tdi. 45+2-daqiqada Javohir Husanov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida – 49-daqiqada esa Nosirjon Abdusalomov hisobni tenglashtirdi.

O‘yin yakuniga qadar shu hisob saqlanib qoldi. Qo‘shimcha vaqtlarda ham gol urilmadi va penaltilar seriyasida g‘olib nomi aniqlandi. Unda toshkentliklar ustun keldi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi, nimchorak final
18 iyun, chorshanba
“Sho‘rtan” — “Aral” 4:1
Gollar: Temur Mamasiddiqov, 27 pen (1:0), Nuriddin Hasanov, 41 (2:0), Doniyor Narzullayev, 60 (3:0), Zulpuqar Quanishbayev, 87 (3:1), Asadbek Saitxonov, 90+3 (4:1)

“Qo‘qon-1912” — “Bunyodkor” 1:1 (penaltilar seriyasi – 4:5)
Gollar: Javohir Husanov, 45+2 (1:0), Nosirjon Abdusalomov, 49 (1:1)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:54, 18.06.2025.
O'qildi: 1414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик