Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2025/26 yilgi mavsum Turkiya Superligasida to‘p surishi mumkin. Turkiyaning "Gazetaarena" nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga Istanbulning “Bashakshehir” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbada ta’kidlanishicha, Shomurodovni Turkiyaning boshqa nomdor klublari — “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ammo aynan “Bashakshehir” o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolashga eng yaqin turibdi.

Turkiyalik insayderning ma’lum qilishicha, futbolchi “Bashakshehir”ning taklifini ijobiy qabul qilgan:

"Shomurodov haqida bilasizlar, o‘tgan yillar davomida uning nomi “Galatasaroy” bilan ko‘p bog‘langan edi. Hozir esa “Bashakshehir” unga rasmiy taklif yubordi va uni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Futbolchi taklifga yaxshi munosabatda bo‘lgan va Turkiyada to‘p surishga ham ijobiy qarayapti", deydi insayder Sporte Digitale nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Roma” yozgi transfer oynasida Shomurodovni sotishga qaror qilgan, chunki uning shartnomasi kelasi mavsum yakunlanadi va klub uning sotuvidan maksimal foyda ko‘rishni maqsad qilmoqda.

Avvalroq futbolchiga MLS’dagi bir qator klublar ham qiziqish bildirayotgani hamda nomi oshkor qilinmagan jamoaning Shomurodov uchun taklif yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2024/25 yilgi mavsumda “Roma” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:38, 19.06.2025.
O'qildi: 5910 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик