Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

Baho:
+ | -1

Meksikaning “Monterrey” klubi markaziy himoyachisi Serxio Ramos joriy yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kimni bosh favorit deb bilishini aytdi. Bu haqda Euro-Football nashri xabar berdi.

39 yoshli ispaniyalik futbolchi bu borada kutilganidek o‘zining sobiq jamoasi — “Real Madrid”ni ajratib ko‘rsatdi.

"Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining favoriti? Menimcha, “Real”ni har doim yirik musobaqalarning asosiy nomzodi deb atash mumkin. U — dunyodagi eng yaxshi jamoa", — deya Ramosning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramos “Real Madrid” safida 16 yil davomida to‘p surgan va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Madrid jamoasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk turida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Ramosning hozirgi jamoasi — “Monterrey” 19 iyundan 20 iyunga o‘tar kechasi “River Pleyt” (Argentina)ga qarshi ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Meksika klubi ilk turda Italiyaning “Inter” klubiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. “Monterrey”ning yagona goliga aynan Ramos mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:42, 19.06.2025.
O'qildi: 2720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик