"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xavyer Maskerano klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi "Portu"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Yevropaning nufuzli jamoasiga qarshi kechgan o'yinda floridaliklarga uch ochko keltirgan golni Lionel Messi 54-daqiqada jarima zarbasidan kiritdi.
"Yigitlar juda qattiq ishlashdi va fantastik o‘yin o‘tkazishdi. Bugun biz dunyoning istalgan jamoasi bilan raqobatlasha olishimizni ko‘rsatdik," - deya Maskeranoning o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltiradi The Touchline.













