Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiolaning o‘rniga "Manchester Siti" ispaniyalik murabbiyni ko‘rib chiqmoqda

Gvardiolaning o‘rniga "Manchester Siti" ispaniyalik murabbiyni ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Katta klublar nafaqat qisqa muddatda, balki uzoq muddatda ham rejalar tuzadilar. "Manchester Siti" esa jamoa boshqaruvidagi Xosep Gvardiolaning o‘rniga kim kelishini haqida hozirdanoq o‘ylamoqda.

FootballTransfers xabariga ko‘ra, "shaharliklar" Sesk Fabregasni nomzod sifatida ko‘ryapti. Ingliz klubi rahbarlari Fabregasning nafaqat murabbiylik nuqtai nazaridan, balki uning vazminligi, yetakchilar bilan muloqot qilish va jamoa yaratish mahoratidan ham hayratda.

Ayni paytda 38 yoshli Sesk Fabregas A Seriyada "Komo"ga ustozlik qilmoqda. O‘tgan mavsumda jamoa chempionat jadvalida 10-o‘rinni egallagandi.

Kiritildi: 15:07, 20.06.2025.
O'qildi: 1973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик