Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Voleybol: “Ichki ishlar vaziri kubogi” sohiblari aniqlandi

Voleybol: “Ichki ishlar vaziri kubogi” sohiblari aniqlandi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda iqtidorli yosh sportchilarni saralash, tanlash va ommaviy sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan tizimli musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning ayollar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Toshkent va Farg‘onada o‘tkazilgan respublika bosqichi musobaqalari haqiqiy sport bayrami ko‘rinishini oldi.

Poytaxtimizda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" ning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi 16-21 va  22-30 yosh toifasidagi o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, har ikki yosh toifasida Toshkent jamoalari g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. 16-21 yoshlilar orasida sovrinli o‘rinlar Farg‘ona va Surxondaryo viloyati vakillariga nasib etgan bo‘lsa, 22-30 yoshlilar o‘rtasida Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari 2 va 3-o‘rinlarni egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa 16-21 yoshli qizlar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarda farg‘onalik voleybolchi qizlar eng yuqori o‘rinni band etdi. Keyingi pog‘onalardan Buxoro va Samarqand viloyati vakillari joy oldi. 22-30 yosh toifasida esa Navoiy, Andijon,Farg‘ona viloyatlari jamoalari sovrinli o‘rinlar sohibi bo‘lishdi.

– Har ikki hududlarda tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Ichki ishlar vaziri kubogi” o‘yinlari natijasida bir qator iqtidorli yoshlar kashf etildi. Ular kelgusida terma jamoalarga jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, bunday ommaviy musobaqalar orqali murabbiy va mutaxassislarning ish tajribasi, mahorati ortdi, – deydi O‘zbekiston voleybol federasiyasi bosh kotibi Farhod Alimov.

Musobaqalar so‘ngida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimlarida Sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston voleybol federasiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev, Farg‘ona va Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmalari mutasaddilari ishtirok etdi.

Manba: uza.uz
Kiritildi: 20:39, 22.06.2025.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик