Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

“Roma” nega Shomurodovni sotmoqchi?

“Roma” nega Shomurodovni sotmoqchi?

Baho:
+ | -

Italiyaning “Roma” klubi UYEFA tomonidan qo‘yilgan moliyaviy talablarni bajarish uchun 2025 yil 30 iyungacha taxminan 10 million yevro daromad topishi kerak. Shu sababli klub ayrim futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda.

Klub tarkibidagi bir nechta o‘yinchilar — Mile Svilar, Kone va Evan N’Dika kabi futbolchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Garchi rahbariyat bu borada aniq qaror qilmagan bo‘lsa-da, ba’zi futbolchilarning jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Rahbariyat Eldor Shomurodov va Leandro Paredesning kelajagi yuzasidan  muzokara olib bormoqda. Paredes sobiq klubi — “Boka Xuniors”ga qaytmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Shomurodovga A Seriyaning boshqa jamoalari hamda Fransiya va Turkiya chempionatlaridan jiddiy takliflar bor.

O‘zbekistonlik hujumchi 2021 yilda “Roma”ga 17,5 million yevro evaziga kelgan. Klub moliyaviy hisobotlarida bu xarajatni uzoq muddat davomida bo‘lib to‘lashi ko‘zda tutilgan. Retesport nashriga ko‘ra, rimliklar “Jenoa”ga yana 3,5 million yevro berishi kerak.

Agar “Roma” Eldorni 8 million yevroga sotadigan bo‘lsa, 3,5 million yevro Genuya klubiga to‘laydi va taxminan 4,5 million yevro foyda ko‘radi.

Leandro Paredes 2023 yilda “Roma” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2024 yil 30 iyundan so‘ng u klub balansida nol qiymatga ega bo‘ladi, ya’ni klub uchun xarajat sifatida hisoblanmaydi. Agar u shu oyning oxirigacha 3,5 million yevroga “Boka”ga o‘tsa, “Roma” bu summani to‘liq daromad sifatida qo‘lga kiritadi.

Agar Shomurodov va Paredes transfer qilinsa, “Roma” taxminan 6,5-7 million yevro atrofida daromad oladi. Bu hali UYEFA talab qilgan 10 million yevroga yetmaydi, ammo klub moliyaviy muammolarni yumshatishda bu transferlar muhim rol o‘ynaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:02, 27.06.2025.
O'qildi: 4324 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик