"Los-Anjeles" hujumchisi Olivye Jiru Fransiyaga qaytishi mumkin, deb xabar beradi Foot Mercato.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli forvard "Lill" bilan shartnoma borasida kelishib olgan.
Jiru 2024 yilning yozidan beri "Los-Anjeles" sharafini himoya qilmoqda. U jamoa safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













