Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“Barselona” futbolchisini sotuvga qo‘ydi

“Barselona” futbolchisini sotuvga qo‘ydi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. El Chiringuito nashrining xabar berishicha, 1 iyuldan 15 iyulgacha urugvaylik futbolchini istalgan klub 65 million yevro to‘lash orqali o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli himoyachining bozor qiymati keskin tushdi. Transfermarkt portali Arauxoni 35 million yevroga baholamoqda. Bu bir yil avvalgi narxidan deyarli ikki baravar arzon. Shu sababli, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan 65 million yevrolik summani to‘lashga tayyor jamoalar soni juda kam.

Italiya nashrlariga ko‘ra, “Yuventus” Arauxo uchun 25–30 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Arauxo joriy yil yanvar oyida “Barselona” bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi. Futbolchi o‘tgan mavsum La Liga doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:29, 27.06.2025.
O'qildi: 5111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик