Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Perishich PSV bilan shartnomasini uzaytirdi

Perishich PSV bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Ivan Perishich PSV bilan shartnomasini uzaytirdi. Eyndxoven klubi o‘zining rasmiy saytida 36 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan 2027 yilning o‘rtalariga qadar ikki mavsumlik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

"Bu men, oilam va yaqinlarim uchun ajoyib kun. O‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazdik. Qiyin bo‘ldi, ammo chempionlikni qo‘lga kiritish katta voqea bo‘ldi. Muxlislarimiz ajoyib bo‘lishdi. Umid qilamanki, biz futbolchilar ham muxlislar bilan birgalikda yangi mavsumda oldinga qadam tashlaymiz", - deydi Perishich.

Ivan Perishich o‘tgan yilning sentyabrida PSVga kelib qo‘shilgandi. O‘shandan beri xorvatiyalik futbolchi 35 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:29, 28.06.2025.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик