Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Superliga. Namanganda dramatik o‘yin, alamzada “Neftchi” Navoiyda mehmon bo‘ladi

Superliga. Namanganda dramatik o‘yin, alamzada “Neftchi” Navoiyda mehmon bo‘ladi

Baho:
+ | -

Superliga 14-tur o‘yinlari davom etadi. Bugun tur doirasida Namangan va Navoiydagi bellashuvlar ham ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ladi.

"Navbahor" - "Mash’al"

Sergey Lushan shogirdlari oxirgi turlarga kelib juda yaxshi o‘ynayapti. Aytaylik, 6 bahsning 5tasida g‘alaba qozondi. Qarshida "Nasaf"gina qiyinchilik bilan "lochinlar"ni yenga oldi. O‘yin tomonlama yutqazmagandi. Jiyanov, O‘rinboyev va Odilov kabi yetakchilar jamoaning muhim figurasiga aylanishdi.

"Mash’al" hozircha barqarorlikni topa olmayapti. Shuning uchun ham klub jadvalda 9-o‘rinda boryapti. Ammo muborakliklar Farg‘ona jamoalarini yengmoqda. Superligadada “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Keyinchalik O‘zbekiston kubogida “Neftchi”ni ham turnirdan chiqarib yubordi. Ko‘ramiz, endi Namangan jamoasiga qarshi nima karomat taklif qilisharkan.

"Qizilqum" - "Neftchi"

Navoiyliklar ketma ket ikkinchi yildirki, O‘zbekiston kubogida ishtirok etmaslikka qaror qildi. “So‘g‘diyona”ga qarshi kechadigan bahsga ham e’tibor qaratmadi va yoshlarga imkoniyat berildi. Lazarevich ketganidan so‘ng vaqtinchalik Akmal Rustamov boshqarmoqda. Yangi bosh murabbiy tez orada kelishi aytilmoqda. “Neftchi”ga qarshi oson bo‘lmasligi aniq.

Kubokdagi kurashni to‘xtatgan farg‘onaliklar bor e’tiborini Superligaga qaratadi. Qo‘shimchasiga, kubokdagi mag‘lubiyat ham farg‘onaliklar ustozining kursisini yaxshigina qimirlatdi. Endi oldindagi o‘yinlarga diqqat bilan e’tibor beradi va g‘alabadan boshqasi uchun o‘ynamaydi. To‘g‘ri, klub hozir jadvalda 4-pog‘onada bormoqda. Biroq, chempionlikdan boshqa natija hokimlikni ham, muxlislarni ham rozi qilmasligi aniq. Bu turdagi o‘yinga qaytsak, "Neftchi" Navoiyda qiyin bahsda g‘alabani tortib olsa kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:50, 28.06.2025.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.