Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Omadsizlar ko‘chasiga kirib qolgan OKMK bugun “Surxon”ni yenga oladimi?

Omadsizlar ko‘chasiga kirib qolgan OKMK bugun “Surxon”ni yenga oladimi?

Baho:
+ | -

Bugun Superliga 14-tur o‘yinlariga yakun yasaladi. Turning so‘nggi bahsida OKMK klubi o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qiladi.

OKMK - "Surxon"

Mirjalol Qosimov jamoasida ishlar biroz yomonlashdi. Ayniqsa, terma jamoalar yig‘inidan so‘ng olmaliqliklarni biroz tanib bo‘lmayapti. Natijalar birdaniga yomonlashdi, ochkolar boy berildi. O‘zbekiston kubogini ham tark etdi. Hatto gol urishga qiynalmoqda. Qisqasi, jamoada nimadir yetishmayotgandek. Ochkolarni yo‘qotilishi oqibatida jamoa turnir jadvalida 6-o‘ringa tushib ketdi. O‘ylashimizcha, bu vaqtinchalik holat. Mirjalol Qosimov jamoasi bilan vaziyatdan chiqib keta oladi.

"Surxon" esa asosan yosh iste’dodlardan tashkil topgani boisdan, natija bosimi ancha kam. O‘tgan yilgi barqarorlik ham yo‘qolib qolgandek. Bir qarasangiz, “Paxtakor”ni yutishi, “Nefchi”dan ochko tortib olishi mumkin. Boshqa bir o‘yinda “Sho‘rtan”ga yutqazishi ham mumkin. Qisqasi, barqarorlik yetishmayapti. Bu tarkibda yoshlarning ko‘pchilikni tashkil etishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bu qarama-qarshilikda OKMKda biroz ustunlik bor. Balki jamoa bugun ketma-ket o‘tkazgan omadsiz o‘yinlariga barham berishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:54, 30.06.2025.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.