Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Fransiya futbolchilar kasaba uyushmasi FIFA va Infantinoni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun keskin tanqid qildi

Fransiya futbolchilar kasaba uyushmasi FIFA va Infantinoni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

Fransiya futbolchilar kasaba uyushmalari milliy uyushmasi (UNFP) AQSHda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va FIFA prezidenti Janni Infantinoni keskin tanqid qildi.

Ayni paytda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yangi formatda AQSHda o‘tkazilmoqda. Musobaqa 14 iyun kuni start olgan va 13 iyulda yakuniga yetadi.

«Fil suyagidan bo‘lgan minorasidan FIFA rahbari xalqaro taqvim yetakchi futbolchilarga qanday taqdir tayyorlagani haqida o‘ylamaydi. Uning “shaxsiy” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati esa bu qonli jangga darhol barham berish zarurligini yana bir bor isbotlamoqda. U futbolchilarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini qo‘shimcha dollarlar uchun inkor etadi, shu bilan birga, butun dunyoda futbolchilarga mavsum oldidan majburiy uch haftalik dam olishni kafolatlovchi kelishuvlarga jiddiy qaramaydi va ularni inkor qiladi.

Bu esa Yevropa sudining hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan talablariga qaramay amalga oshirilmoqda. Sud FIFAdan o‘zining yakkahokimlik siyosatidan voz kechishni va qaror qabul qilish jarayoniga futbolchilar, murabbiylar, shifokorlar va klublarni jalb etishni talab qilgan edi. Ammo bugungi kunda ular faqatgina tayyor qarorlar oldida qolmoqda.

Uni “PSJ” joriy mavsumdagi 62-o‘yinini yakshanba kuni o‘tkazgani ham qiziqtirmaydi, shu paytda Liga 1ning to‘rtta klubi allaqachon 2025/26 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Fransiya chempioni o‘z qarorini himoya qilishga urinib ko‘rdi, ammo ichki taqvimga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha endi hech qanday umid qolmagan.

Tasavvur qiling, “PSJ” Nyu-Yorkda o‘tadigan joriy klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida mavsumdagi 65-o‘yinini o‘tkazadi. Unda Luis Enrikeda chempionat boshlanishigacha jamoani tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i ikki hafta vaqt qoladi. Janob Infantino, bunga nima deysiz?» — deyiladi UNFP saytida e’lon qilingan bayonotda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:51, 30.06.2025.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик