Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Italiya terma jamoasi hujumchisining xaridorlari ko‘payib ketdi

Italiya terma jamoasi hujumchisining xaridorlari ko‘payib ketdi

Baho:
+ | -

"Milan" va "Atalanta" Lorenso Lukka uchun kurashga qo‘shildi.

Jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko‘ra, milanliklar "Udineze"ga forvard atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritish uchun so‘rov yuborgan. Qayd etilishicha, "Atalanta" ham Lukkani kuzatib turibdi.

Avvalroq "Atletiko" 24 yoshli hujumchi uchun transfer taklifi bilan chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Napoli" Lukka uchun kurashda favorit sanaladi. Klublar shu hafta boshida uchrashishni rejalashtirgan.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Lukka 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:14, 05.07.2025.
O'qildi: 1537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик