Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Sancho italyan grandi safiga o‘tishga yaqinlashdi

Sancho italyan grandi safiga o‘tishga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Turin klubi 25 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan, "qizil iblislar" ham taklifga rozilik bilan javob qaytarishga tayyor. Jurnalist Marko Jordanoga ko‘ra, agar hech qanday kutilmagan hodisa yuz bermasa, transfer tez orada amalga oshiriladi. Kelishuv "keksa sinyora"ga taxminan 25 mln yevroga tushadi.

Avvalroq, "Yuventus" "Portu" vakili Fransishko Konseysauni o‘z safiga qo‘shib olishga moil bo‘layotgani, ammo "ajdarlar" bilan kelishuvga erishilmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Jeydon Sancho "Chelsi" safida ijara asosida to‘p tepgan edi.

Kiritildi: 01:18, 09.07.2025.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик