Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lisandro Martines: "MYU" - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri"

Lisandro Martines: "MYU" - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri"

Baho:
+ | -

Lisandro Martines "Manchester Yunayted"ni dunyoning eng yaxshi klublaridan biri deb atadi.

O‘tgan mavsumda Ruben Amorim bosh murabbiyligidagi jamoa APL jadvalida 15-o‘rinni egallagan edi.

"Menimcha, har qanday klubda bo‘lgani kabi, agar nimadir ishlamasa, uni o‘zgartirish kerak.

Nima ishlayapti-yu, nima ishlamayapti, tahlil qilish va shunga yarasha o‘zgartirishlar kiritish kerak, chunki zo‘r klublar aynan shunday ishlaydi. "Manchester Yunayted" - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri.

Ruben Amorim jamoaga juda yaxshi energiya va xohish bilan keldi. U kerakli o‘zgarishlarni kiritishiga ishonaman.

Shubhasiz, o‘zgarishlar zarur, chunki so‘nggi ikki mavsumda turnir jadvalida pastgi o‘rinlarga tushib qolganimiz yaxshi emas," - dedi "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines.

Kiritildi: 09:54, 09.07.2025.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик