Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

SSKA sobiq himoyachisi: «Agar Fayzullayev boshqa chempionatda rivojlanishni ko‘rayotgan bo‘lsa, SSKA uni sotishi kerak»

SSKA sobiq himoyachisi: «Agar Fayzullayev boshqa chempionatda rivojlanishni ko‘rayotgan bo‘lsa, SSKA uni sotishi kerak»

Baho:
+ | -

SSKA klubining sobiq himoyachisi Ivan Taranov Abbosbek Fayzullayevning jamoani tark etishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.

— Eng avvalo, Fayzullayevning o‘zi nima haqida o‘ylayotganini tushunish kerak. Agar u rivojlanishni boshqa chempionatda ko‘rayotgan bo‘lsa, SSKA uni sotishi kerak. Lekin agar u Rossiyada o‘ynashni istasa va klubga sadoqatli bo‘lsa, bunday futbolchini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rish kerak.

Sxema — bu shunchaki sxema, xolos. O‘yinni futbolchilar qurishadi. Tayyor qoliplar bo‘yicha o‘ynash mumkin emas, chunki barcha qarorlar bir lahzada qabul qilinadi. Fayzullayevning SSKAdagi kelajagi haqida yangi o‘yin sxemasidan kelib chiqib gapirish noto‘g‘ri. Futbolchilar aynan shuning uchun professional, turli sxemalarga moslashishlari kerak, — dedi Taranov «Chempionat» muxbiri Vladislav Kruglov bilan suhbatda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:15, 09.07.2025.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик