Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quvchi-sportchilariga oylik stipendiya ta’sis etiladi

Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quvchi-sportchilariga oylik stipendiya ta’sis etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

“2028 yil Los Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib quyudagilar belgilandi:

sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, tayekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish;

sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo‘yicha lisenziyalarni qo‘lga kiritish;

xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro‘yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘qish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi,
2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat ko‘rsatadi.

2026-yildan markaz o‘quvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi. Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida oylik stipendiya ta’sis etiladi.

Olimpiya o‘yinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.

O‘zbekistonda sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun 300 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. “Sport – bu avvalo tinchlik elchisi, har bir davlat uchun milliy g‘urur manbasi”, degan edi prezident 2025-yilning fevralida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida. Los Anjeles — 2028 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonni kuchli o‘ntalikka kiritish maqsad qilingan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 13:20, 09.07.2025.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик