Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Shtutgart" "Bavariya" taklifini rad etdi

"Shtutgart" "Bavariya" taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchi Nik Voltemadeni transfer qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Transfer News Live nashrining Bild'ga tayanib xabar berishicha, "Shtutgart" Myunxendan kelgan 40 million yevrolik taklifni rad etgan. Yana 5 million yevro bonus sifatida taklif qilingandi.

Nik Voltemade "Shtutgart"da bir mavsum o‘tkazdi. "Shvablar" safida 33 ta o‘yinda hujumchi o‘z hisobiga 17 ta gol va sheriklariga 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Voltemadening amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Voltemade iyun oyi boshida Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan edi.

Kiritildi: 22:38, 11.07.2025.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик