Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford - "Barselona"ning ustuvor transfer maqsadi

Reshford - "Barselona"ning ustuvor transfer maqsadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Barselona"ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Kataloniya klubi "Liverpul"dan Luis Diasni olish fikridan qaytgach, angliyalik hujumchiga e’tibor qaratdi.

"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik allaqachon Reshfordning transferiga rozilik bergan. Avvalroq, "Atletik" vingeri Niko Uilyamsning transferi barbod bo‘lgan va u hozirgi klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagandi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ingliz "Aston Villa"da ijarada o‘ynadi. Hujumchi barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol urgan.

Kiritildi: 05:53, 12.07.2025.
O'qildi: 1822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик