Hujumchi Marko Arnautovichning sobiq agenti Rob Gryoyner serb millatiga mansub avstriyalik futbolchini juda qadrlaydi. U o‘z fazilatlari bilan afsonaviy Zlatan Ibrahimovichdan qolishmaydi, deb hisoblaydi.
"Marko hech kimdan qo‘rqmaydi, u o‘zidan ishonch taratib turadi va buni maydondagi boshqa futbolchilar ham his qilishadi. U - o‘ziga xos o‘yinchi. Menimcha, u Ibrahimovichdan qolishmaydi. Ular o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar bor," - deya agentning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Marko Arnautovich milanliklar safida ikki yillik faoliyatidan so‘ng "Inter" bilan xayrlashgan edi. Uning tarkibida u 2024 yilda Italiya chempioni bo‘ldi.













