Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Nyu Yorkda MLS va ӮzPFL vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Nyu Yorkda MLS va ӮzPFL vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda, Liga mutaxassislari tajriba almashish maqsadida MLS bosh qarorgohida bo‘ldi. Sir emaski, har ikki tashkilot mutaxassislari har yili Jahon Ligalari Assosiasiyasining yillik kongressida birgalikda ishtirok etadi.

1996-yilda tashkil topgan MLS o‘zining 30 yillik tarixi davomida katta yo‘lni bosib o‘tishga erishdi. Bugunga kelib MLS teletranslyasiya huquqlari, marketing, futbolchilar bilan shartnomaviy munosabatlar kabi masalalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Mazkur jarayonlar va bu yo‘lda bosib o‘tilgan qadamlar ӮzPFL uchun katta maktab vazifasini o‘tay oladi. Shunday ekan, MLS bilan o‘zaro tajriba almashish ӮzPFL uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

AQSH safariga Liga rahbari Diyor Imomxo‘jayev boshchiligida Musobaqalarni o‘tkazish, Marketing, Xalqaro aloqalar hamda Media bo‘limi boshliqlari, shuningdek, Ӯzbekiston futbolchilar uyushmasi raisi hamda bir vaqtning o‘zida Liga Ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Kamoliddin Murzoyev yo‘l oldi. Ishchi guruh a’zolarini MLSning musobaqalar masalalari bo‘yicha ijrochi vise-prezidenti Nelson Rodrigez kutib oldi va u tashkilot mutaxassislari bilan o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda bevosita ishtirok etdi.

Liga taklifidan kelib chiqqan holda, MLS quyidagi mavzularning har biri bo‘yicha alohida taqdimotlar tayyorlagan bo‘lib, ular shu yo‘nalishlar uchun javobgar bo‘lgan asosiy koordinatorlar tomonidan ma’ruza qilindi:

– Intellektual mulk va tijoriy huquqlar — Shinenn Fizerston (Biznes masalalari konsuli), Jordan Franklin (Yordamchi konsul)

– Musobaqalar o‘tkazish masalalari — Pol Greyfer (Musobaqalar o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi)

– MLS Next va MLS Next Pro dasturlari — Gordon Bengston (MLS Next dasturi koordinatori)

– Futbolchilar shartnomalarini boshqarish — Kristina LaBri (Shartnomalar bo‘limi ofitseri)

– Translyasiyalar va media — Yohanna Roxas (Translyasiya masalalari koordinatori)

MLS tashrifi kutilganidan samimiy, ishchan va interfaol ruhiyatda bo‘lib o‘tganini alohida ta’kidlashimiz lozim. Biz alohida tayyorgarlik hamda har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashuv uchun AQSH sokker ligasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:03, 12.07.2025.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.