Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

“Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun”. “Kristal Pelas” rahbari jamoasining Yevropa ligasidan chetlatilishiga izoh berdi

“Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun”. “Kristal Pelas” rahbari jamoasining Yevropa ligasidan chetlatilishiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Kristal Pelas” jamoasi 2025/26 yilgi mavsumda Yevropa Ligasi musobaqasida ishtirok eta olmaydi. Klub Angliya Kubogidagi g‘alabasi tufayli Yevrokubok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi, biroq UEFA uni musobaqadan chetlatdi. Bunga sabab — klub egasi Jon Tektorning yana bir jamoasi, Fransiyaning “Lion” klubi ham Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bo‘ldi.

UEFA qoidalariga ko‘ra, bitta egaga tegishli ikki klub bir musobaqada qatnasha olmaydi. Natijada, “Lion” musobaqada ishtirok etadi, “Kristal Pelas” esa turnirda qatnasha olmaydi. Ularning o‘rnini “Nottingem Forest” egallaydi.

Klub boshqaruvi raisi Stiv Perish UEFA qaroridan noroziligini quyidagicha izohladi:

"Albatta, bu qarordan juda xafa bo‘ldik. Eng avvalo, bizning muxlislarimiz uchun yomon xabar. Kubokni yutdik — klub tarixidagi ilk sovrin. Ammo bu xuddi lotereyani yutib, mukofotni olishga borganda bo‘sh qo‘l bilan qaytgan bilan barobar. O‘yinchilar, murabbiylar va butun klub xodimlari uchun achinaman. Bu futbol uchun qora kun. Ko‘pchilik tushunadi: biz bu yo‘llanmani halol mehnat bilan qo‘lga kiritdik, biroq boshqa sabab bilan undan bizni mahrum qildilar — bu mantiqsizlik. Apellyasiya kiritishni rejalashtiryapmiz".

Eslatib o‘tamiz, “Lion” so‘nggi paytlarda moliyaviy muammolar tufayli Liga 1 musobaqasidan chetlatilishga yaqin turgan edi. Ammo ular apellyasiya berib, keyingi mavsum ham Fransiya chempionatida ishtirok etish uchun ruxsat olgan edi. “Kristal Pelas” esa UEFA qaroriga binoan Konferensiyalar Ligasida qatnashadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:43, 12.07.2025.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.