Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" tajribali himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin

"Inter" tajribali himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Franchesko Acherbining kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

37 yoshli futbolchi sobiq bosh murabbiy Simone Indzagining ishonchiga sazovor bo‘lgandi, Kristian Kivuning kelishi bilan vaziyat o‘zgardi. Jurnalist Paskuale Guarroga ko‘ra, endi ikki tomon - futbolchi ham, klub ham xayrlashish haqida o‘ylamoqda. Katta ehtimol bilan "neradzurrilar" faxriyni yozda, shartnoma muddati tugashidan bir yil oldin qo‘yib yuborishadi.

Franchesko Acherbi 2024/25 yilgi mavsumda "Inter" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali italiyalik futbolchining narxini 3 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:37, 13.07.2025.
O'qildi: 624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик