Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Fiorentina" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqda

"Fiorentina" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqda

Baho:
+ | -

Italiyaning "Fiorentina" klubi tez orada Ispaniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Eman Koshpo bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedullaning sayti xabar bermoqda.

Bitim qiymati bir million yevrodan sal kamroqni tashkil etdi va keyingi sotuvdan foizlarni to‘lash to‘g‘risidagi bandni o‘z ichiga oladi. Qayd etilishicha, "Fiorentina" markaziy himoyaning istiqbolli futbolchisini uzoq vaqt davomida kuzatib borgan. Hozir tomonlar kelishuv uchun zarur bo‘lgan so‘nggi hujjatlarni almashmoqda.

Bosniyada tug‘ilgan 18 yoshli shveysariyalik futbolchi hali "Barselona"ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan. O‘tgan mavsumda Koshpo U19 jamoasi safida ichki musobaqalarda ishtirok etgan, shuningdek, UEFA Yoshlar ligasi o‘yinlarida 8 marta maydonga tushgan.

Kiritildi: 20:07, 13.07.2025.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик