Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" argentinalik iqtidorli yarim himoyachi transferidan voz kechdi

"Inter" argentinalik iqtidorli yarim himoyachi transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Komo" hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas yozda Milanning "Inter" klubiga o‘tmaydi.

"Neradzurrilar" hujumchi Mehdi Taremi bilan xayrlashishga qaror qildi va uning o‘rniga yangi "o‘nlik"ni sotib olish rejalashtirilgan. Asosiy nishonlardan biri Pas hisoblangan, biroq "Komo" argentinalikni loyihaning asosiy figurasi deb hisoblamoqda va u bo‘yicha takliflarni ko‘rib ham chiqmaydi, deb yozadi insayder Fabrisio Romano.

Nikolas Pas o‘tgan mavsumda Sesk Fabregas jamoasi safida 35 ta o‘yinda 6 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:33, 14.07.2025.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик