Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" mavsumoldi yig‘iniga yangi futbolchisini jalb qildi

"Barselona" mavsumoldi yig‘iniga yangi futbolchisini jalb qildi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning yangi a’zosi Runi Bardji mavsumoldi yig‘iniga asosiy jamoa bilan birga boradi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli vinger yig‘inda o‘zini ko‘rsata olsa, yangi mavsumga "Barselona" asosiy jamoasi bilan kirib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" Bardji Daniyaning "Kopengagen" klubidan transfer qilinganini rasman e’lon qilgandi. Mish-mishlarga ko‘ra, yosh iqtidorni sotib olish kataloniyaliklarga ikki million yevroga tushgan.

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi avgust oyi o‘rtalarida start olishi rejalashtirilgan. Birinchi turda "ko‘k-anorranglilar" safarda "Malyorka" (16 avgust) mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 17:37, 15.07.2025.
O'qildi: 2370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик