Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

“Esxata” bosh murabbiyi: “OCHLda “Andijon” jamoasiga muxlislik qilamiz”

“Esxata” bosh murabbiyi: “OCHLda “Andijon” jamoasiga muxlislik qilamiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” – “Esxata” (4:2) bellashuvidan so‘ng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Umarovdan o‘yin haqidagi fikrlarini so‘radi.

“Bizning ham yig‘indagi birinchi o‘yinimiz bo‘ldi. O‘yin yaxshi o‘tdi. “Andijon” ajoyib jamoa. Keyingi o‘yinlarida omad tilayman, ayniqsa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirida. Guruh bahslarida qatnashadi va jamoaga muxlislik qilamiz. Sababi qo‘shnilarmiz. Shuningdek, bosh murabbiy Maksim Shatskixni ham ishlariga omad tilayman.

Qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz yig‘inida bir qator yoshlar ham bor. Ularni yig‘inda sinab ko‘rmoqdamiz. Uchrashuv davomida ikkita vaziyatda gol ura olmadik, raqib esa imkoniyatlaridan foydalandi. Yana ishlashda davom etamiz, jamoangizga omad tilayman”, - deydi “Esxata” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 01:15, 19.07.2025.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик