Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Manchester Yunayted"ning yangi yulduzi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi (Fabrisio Romano)

"Manchester Yunayted"ning yangi yulduzi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi (Fabrisio Romano)

Baho:
+ | -

"Brentford" hujumkor futbolchisi Brayan Mbeumo 19 iyul, shanba kuni "Manchester Yunayted" safiga o‘tishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Bu haqda taniqli jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli kamerunlik futbolchi mankunianliklar bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi va kelishuvda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko‘rsatiladi. Avvalroq bitim summasi qat’iy belgilangan to‘lov sifatida 75,4 mln yevroga yetishi, shuningdek, qo‘shimcha yetti million bonus to‘lovlari ko‘rinishida to‘lanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

2024/25 yilgi mavsumda forvard "Brentford" safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:49, 19.07.2025.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик