Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simons uchun poygaga yana bir ingliz klubi qo‘shildi

Simons uchun poygaga yana bir ingliz klubi qo‘shildi

Baho:
+ | -

"RB Leypsig" futbolchisi Xavi Simons tez orada Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin - yarim himoyachiga APLning uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal," "Tottenxem" va "Chelsi" jamoalari Simonsning vakillari bilan muzokaralarni boshlagan. Taxminiy transfer summasi - 60 mln yevro. Futbolchining o‘zi faoliyatini Angliyada davom ettirishga tayyor.

O‘tgan mavsumda niderlandiyalik xavbek "RB Leypsig" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Simonsning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so‘ng yakuniga yetadi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi - 70 mln yevro.

Kiritildi: 16:50, 19.07.2025.
O'qildi: 1029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик