Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Maduekening transferi "Chelsi"ning eng qimmat sotuvlar, "Arsenal"ning eng qimmat xaridlar qatoriga kirdi

Maduekening transferi "Chelsi"ning eng qimmat sotuvlar, "Arsenal"ning eng qimmat xaridlar qatoriga kirdi

Baho:
+ | -

Angliyalik hujumchi Noni Maduekaning transferi "Arsenal" tarixidagi eng qimmat xaridlar va "Chelsi"ning eng qimmat sotuvlari top-10 taligiga kirdi, deb xabar beradi Transfermarkt portali.

Avvalroq, nufuzli jurnalist Fabrisio Romano "kanonirlar" 23 yoshli futbolchi uchun barcha bonuslarni hisobga olgan holda 55,4 mln yevro to‘laganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, Madueke "Arsenal" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Klub allaqachon transferni rasman e’lon qilgan.

Madueke transfer narxi bo‘yicha Deklan Rays (116,6 mln yevro), Nikolya Pepe (80 mln yevro), Kay Xavers (75 mln yevro), Martin Subimendi (70 mln yevro), Pyer-Emerik Obameyang (63,8 mln yevro) va Ben Uaytdan (58,5 mln yevro) ortda qolib, "kanonirlar" tarixidagi yettinchi eng qimmat xarid bo‘ldi.

"Chelsi"ning eng qimmat sotuvlari orasida Madueke oltinchi bo‘ldi, undan yuqorida Eden Azar (120,8 mln yevro), Kay Havers (75 mln yevro), Meyson Maunt (67,7 mln yevro), Oskar (60 mln yevro) va Diyego Kosta (60 mln yevro) joylashdi.

Kiritildi: 17:13, 19.07.2025.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик