Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "So‘g‘diyona" va "Sho‘rtan" bugun o‘zaro o‘yin o‘tkazishdi.
Bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Jizzaxliklar safida Jasur Jaloliddinov va Sardor Rahmonov gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, g‘uzorliklardan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hamda Odil Abdumajidov javob gollarini kiritishdi.













