Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Shou "MYU" haqida: "Oxirgi yillarda ichki muhit nosog‘lom edi"

Shou "MYU" haqida: "Oxirgi yillarda ichki muhit nosog‘lom edi"

Baho:
+ | -

Lyuk Shou "Manchester Yunayted"dagi zaharli muhit haqida gapirdi va Ruben Amorimning yondashuvini qo‘llab-quvvatladi.

"Nima bo‘layotganini tashqaridan ko‘rish oson edi. So‘nggi bir necha yil ichida bu yerdagi atmosfera ko‘pincha juda salbiy edi. Bu haqiqatan ham zaharli, nosog‘lom bo‘lib qoldi. Va bizga pozitivlik, yaxshi energiya, quvonch bor muhit kerak. Agar sizda bularning barchasi bo‘lsa, o‘zingizni erkin his qilasiz, o‘zingizni ifoda eta olasiz.

Ruben ko‘p narsani talab qiladi. Mentalitet juda muhim narsa. U bu haqda ko‘p gapiradi. U 100% talab qiladi - kam emas. Agar kimdir 85-90% ishlayotgan bo‘lsa, bu yetarli emas. Ayniqsa, bu mavsumda: agar qilinishi kerak bo‘lgan narsani qilmasangiz, shunchaki o‘ynamaysiz", - dedi "Manchester Yunayted" himoyachisi.

Shou, shuningdek, hozirgi tarkibda "endi hech qanday omadsizlar yo‘qligini" ta’kidladi va Amorim hammaga: "jamoaning manfaatlari birinchi o‘rinda turishi kerak" deb aniq aytgan.

Kiritildi: 16:53, 30.07.2025.
O'qildi: 1238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик