Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi

Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi

Baho:
+ | -

Pokiston tog‘larida tosh ko‘chkisi ostida qolgan biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Laura Dalmayer halok bo‘ldi. Bu haqda uning menejeri xabar berdi.

Ikki kunlik qidiruvdan so‘ng uning jasadi qutqaruvchilar tomonidan topilgan. Dalmayer 28 iyul, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan tushga yaqin taxminan 5700 metr balandlikda tosh ko‘chkisi ostida qolgan. Ob-havo sharoiti va tosh ko‘chishi xavfi yuqori bo‘lganligi sababli unga faqat hozirga kelib yetib borish imkoni tug‘ilgan.

Aniqlanishicha, fojiali hodisa Dalmayer sherigi bilan balandligi 6069 metr bo‘lgan Layla cho‘qqisiga ko‘tarilayotganda yuz bergan.

Sobiq biatlonchi tog‘ va chang‘i bo‘yicha sertifikatlangan yo‘riqchi, tog‘-qutqaruv xizmatining amaldagi xodimi bo‘lib, tajribali alpinist hisoblangan.

Laura Dalmayer biatlon tarixidagi eng ko‘p unvonli sportchilardan biri hisoblanadi. U ilk bor 2013 yil 1 mart kuni Osloda o‘tkazilgan Jahon kubogida ishtirok etgan bo‘lsa, 2015 yilda Germaniya estafetasi tarkibida jahon chempionatining birinchi oltin medalini qo‘lga kiritgan. Umuman olganda, u yetti marotaba jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. 2018 yilgi Pxenchxan Olimpiadasida u ikkita oltin medal - sprint va ta’qib poygalarida g‘olib bo‘lgan, shuningdek, yakka tartibdagi poygada bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bundan bir yil avval u Germaniya Federativ Respublikasida “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb e’tirof etilgandi.

Alpinizm va qoyaga chiqish bilan shug‘ullanishdan tashqari, sobiq biatlonchi so‘nggi paytlarda ZDF telekanalida ekspert sifatida faoliyat yuritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:51, 30.07.2025.
O'qildi: 3099 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.