Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Napoli" "Borussiya" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Napoli" "Borussiya" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Italiyaning amaldagi chempioni "Napoli" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemiga qiziqish bildirdi.

TUTTOmercatoWEB xabariga ko‘ra, Antonio Konte jamoasi hali ham futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi va klub prezidenti Aurelio De Laurentis bu masalada murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Nemis futbolchisi hozirda "Borussiya"dagi holatidan mamnun. Biroq, “Napoli” futbolchi atrofidagi vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun dastlabki aloqaga chiqqan va hozirda 40 million yevrolik taklif ustida ishlamoqda. Neapolliklar bunday summa "Borussiya"ni futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olishiga umid qilishmoqda.

Qo‘shimcha qilamizki, 2024/25 yilgi mavsumda Adeyemi "Borussiya" safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:21, 31.07.2025.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик