Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sanchoning "Yuventus"ga o‘tish sharti aytildi

Sanchoning "Yuventus"ga o‘tish sharti aytildi

Baho:
+ | -

Jeydon Sanchoning "Yuventus"ga transferi barbod bo‘lish xavfi ostida turibdi. Angliyalik futbolchini "Manchester Yunayted"dan sotib olish uchun Turin klubi o‘z futbolchilaridan birini sotishi kerak. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar bilan muvaffaqiyatli bitim tuzish uchun "Yuventus" hujumchi Niko Gonsales bilan xayrlashishga majbur bo‘lmoqda. Murabbiylar shtabi kelgusi mavsumda argentinalik futbolchiga umid qilmayapti, uning sotilishi esa Sanchoni qo‘lga kiritish uchun pul ishlab olishga yordam beradi.

Italiyaliklar bosh direktori Damyen Kamollining so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" Gonsalesni sotgan taqdirdagina Sanchoni o‘z safiga qo‘shib oladi.

Ayni paytda "Yuventus" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab turibdi.

Kiritildi: 15:31, 01.08.2025.
O'qildi: 1472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик