Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yosh voleybolchilarimiz braziliyalik raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatdi

Yosh voleybolchilarimiz braziliyalik raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Toshkent mezbonlik qilayotgan voleybol bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi Jahon chempionatining pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun 1/8 finalda Italiyaga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9-16 o‘rinlar uchun kechgan bahsda Braziliyaga qarshi bahs olib bordi. Braziliyalik voleybolchilar 1/8 finalda Fransiyaga yutqazishgan edi. 

Biroz avval yakuniga yetgan O‘zbekiston - Braziliya uchrashuvida okeanorti vakillari 3:1 (25:13, 23:25, 25:15, 25:18) hisobida zafar quchishdi. Bu terma jamoamizning ketma-ket qabul qilib olgan to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Kiritildi: 22:49, 01.08.2025.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик