"Barselona" yarimhimoyachisi Gavi jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. 20 yoshli ispaniyalikning fikricha, "ko‘k-anorranglilar" kelasi mavsumda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha narsaga ega.
"Men uchun jamoa o‘tgan mavsumda qanday holatda bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shunday ekani yoki yaxshilangani aniq. Eng muhimi - avvalgi mentalitetni saqlab qolish, g‘alabaga bo‘lgan intilishni yo‘qotmaslik va o‘shanda, ishonchim komilki, barcha sovrinlarni qo‘lga kirita olamiz," - dedi Gavi intervyuda.
"Barselona" o‘tgan mavsumni La Liga g‘olibi sifatida yakunladi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida kataloniyaliklar yarim finalga qadar yetib bordi.













