Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Dzyudo federasiyasi rahbariyati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Dzyudo federasiyasi rahbariyati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Vengriya va Chexiyada o‘tkazilgan Yevropa kuboklari hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Federasiya rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi.

Uchrashuv avvalida federasiya raisi Azizjon Kamilov, rais o‘rinbosari Alisher Narbayev va boshqa mutasaddilar sportchilar hamda ularning murabbiylarini xalqaro maydondagi munosib natijalari bilan qutlashdi.

Azizjon Kamilov amalga oshirilgan ishlarning ahamiyatini ta’kidlab, asosiy e’tiborni oldinda turgan Jahon va Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. O‘tkazilgan bellashuvlarni chuqur tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlash kerakligini ta’kidladi.

Sportchilarimiz xorijda bo‘lgan paytlari intizom va xulq-atvor masalalariga alohida e’tibor qaratishlari kerakligi aytildi. Federasiyamiz mutasaddilari xalqaro yig‘inlar, musobaqalarda, shuningdek raqiblar, murabbiylar va tashkilotchilar bilan muloqotda qat’iy rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni eslatib o‘tishdi.

Dzyudochilar xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar va ularning xatti-harakatlari ham tatamida, ham uning tashqarisida - jahon hamjamiyati ko‘z o‘ngida mamlakat qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun nafaqat sport mahoratini, balki dzyudo falsafasining asosi bo‘lgan yuksak madaniyat, intizom va hurmatni namoyish etish ayniqsa muhimdir.

Kiritildi: 11:48, 02.08.2025.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик