Yulduz hujumchi Lionel Messi Liga kubogi doirasida "Nekaksa"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Vaziyatga Messining "Inter Mayami"dagi sherigi - himoyachi Jordi Alba izoh berdi.
"Dunyoning eng yaxshi futbolchisi, tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi jarohat olgani butun jamoa uchun juda achinarli. U muhim o‘yinchi. Afsus. Umid qilamanki, jarohat jiddiy emas, chunki u bizga kerak," - dedi Alba jurnalistlarga.













